16 Avgust 2022
1332
Konya-2021: Dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarini kumush medal bilan yakunlashdi
Eng ogʻir vazn toifasida bahs olib borgan xorazmlik polvonimiz Alisher Yusupov Islom birdamligi oʻyinlari dasturida final bahsida ishtirok etdi. Unda BAA vakili Magomedumar Magomedumarovga qarshi tatamiga chiqqan hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medalga sazovor boʻldi. Shuning bilan dzyudo boʻyicha yakkalik bahslariga yakun yasaldi. Ertaga jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.