16 Avgust 2022 1020

Konya-2021: Barcha dzyudochilarimiz medallar uchun kurashishadi

Islom birdamligi o‘yinlari doirasida og‘ir vazn toifasida kechayotgan bellashuvlarda kechki dasturda medallar uchun tatamiga chiqadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Yurtdoshlarimizdan 3 nafari unda oltin medal uchun kurashsa, yana 4 vakilimizda bronza medaliga sazovor bo‘lish imkoniyati mavjud.

Final:
-100 kg: Muzaffar To‘raboyev – Elmar Gasimov (Ozarbayjon)
+100 kg: Alisher Yusupov – Magomedumar Magomedumarov (BAA)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Nihel Landolsi (Tunis)

Bronza medali uchun:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Zelim Tkayev (Ozarbayjon)
-90 kg: Davlat Bobonov – Karamnob Sagaipov (Livan)
-70 kg: Shohista Nazarova – Maryam Barbat (Eron)
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva – Xafsa Yatim (Marokash)

Text to speech