15 Avgust 2022
1444
Konya-2021: Eʼtibor markazida yana suzuvchilarimiz
Suzuvchilarimiz bugungi bellashuvlarni ancha sermahsul oʻtkazishmoqda. Yigitlarimiz 4x200 metr masofaga erkin usulda kechgan final bellashuvida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz soʻnggi metrlargacha mezbonlar bilan gʻoliblik uchun kurash olib borishdi, biroq yakunda gʻalaba turkiyalik suzuvchilarga nasib etdi. Tarkib: Aleksey Tarasenko, Olimjon Odilov, Yegor Petryakov, Xurshidjon Tursunov.