15 Avgust 2022 967

Konya-2021: Sablyachi qizlarimiz ham sovrindorlar qatorida

Sablya boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Islom birdamligi oʻyinlarining kumush medal sohibiga aylanishdi. Jamoaviy dasturda yarim finalda Turkiyani 45:31 hisobida magʻlub etgan qizlarimiz finalda ozarbayjonlik raqibalariga 34:45 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladilar. Shu oʻrinda terma jamoamiz tarkibini yana bir bor eslatib oʻtsak: Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova.

Text to speech