15 Avgust 2022 934

Konya-2021: Suzuvchimiz Oʻzbekiston rekordini yangiladi

Suzish bahslaridagi eng qiziqarli yoʻnalishlardan biri hisoblanmish 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha final bellashuvi yakunlandi. Unda ishtirok etgan 2 nafar vakilimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yakunda Xurshidjon Tursunov 22.51 soniya bilan ikkinchi, 22.72 soniya qayd etgan Aleksey Tarasenko esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tursunovning natijasi yangi Oʻzbekiston rekordi sifatida qayd etildi.

Text to speech