11 Avgust 2022 888

Konya-2021: Delegatsiyamiz uchun qoʻshaloq bayram!

Velosportchilarimizdan xushxabar davom etadi. Shosseda oʻtgan ayollar oʻrtasidagi vaqt uchun poyga yoʻnalishida hamyurtlarimiz ajoyib natija qayd etishdi. Trekda oltin medalga sazovor boʻlgan Olga Zabelinskaya ushbu dasturda ham tengsiz ekanligini koʻrsatib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir eng yuqori probali medalni qoʻshib qoʻymoqda. Quvonarlisi, mazkur yoʻnalishda startga chiqqan ikkinchi vakilamiz Yanina Kuskova kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu Kuskova uchun musobaqadagi uchinchi kumush medal boʻldi.

Text to speech