10 Avgust 2022 1227

Konya-2021: Rashitov va Pulatov yarim finalda!

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) hamda musobaqaning amaldagi chempioni Niyaz Pulatov (-63 kg) nimchorak va chorak final janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Rashitov murosasiz kechgan chorak final jangida eronlik, Pulatov esa afgʻonistonlik raqibini magʻlub etdi. Qizlarimizdan Zarnigor Husniddinova (-49 kg) yarim final ostonasida, Ozoda Sobirjonova (-67 kg) esa ilk bosqichda imkoniyatni boy berdi.

Text to speech