9 Avgust 2022 1070

Konya-2021: Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova delegatsiyamiz bayroqdorlari bo‘lishadi

Ma’lum qilganimizdek, bugun Konya shahrida o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Unda delegatsiyamizni maydonga boshlab chiqadigan bayroqdorlarimiz nomi ma’lum.

Bo‘lajak marosimda o‘zbek sportining ikki yosh yulduzlari taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov hamda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi.

Text to speech