9 Avgust 2022 662

Konya-2021: Bugun musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 ga belgilangan. Shuningdek, bugun vakillarimiz 5 sport turida yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

Stol tennisi, jamoaviy bahslar: O‘zbekiston – Eron 

Para suzish: Azizbek Boynazarov, Sulton Nuriddinov, Abdulaziz Xayrullayev, Baxtiyor Ortiqov.

Gandbol, ayollar. 2-tur: O‘zbekiston – Bangladesh 

Yengil atletika: Normurod Ergashev (110 metr, to‘siqlar osha), Roksana Xudoyorova, Darya Reznichenko (ikkisi ham uzunlikka sakrash).

Taekvondo: Charos Qayumova (-53 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg), Doniyor Mahkamov (-58 kg).

Text to speech