8 Avgust 2022 1010

Konya-2021: Azizbek Boynazarov finalda!

Para suzuvchimiz Azizbek Boynazarov Islom birdamligi o’yinlarida ajoyib ishtiroki bilan ajralib turibdi. Kecha 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida oltin medalni qo’lga kiritgan vakilimiz bugun yana bir medal sari dadil qadam tashladi. Azizbek hozirgina 200 metrga kompleks usulda suzish dasturida 1-o’rin bilan finalga yo’l oldi. Yurtdoshimizdan kechki dasturda yana bir oltin medal kutamiz!

Text to speech