8 Avgust 2022 1180

Taekvondo: O’smirlar o’rtasidagi JChda eng yaxshi natijamizni yangiladik

Bolgariyada taekvondo bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon chempionati yakunlandi. Quvonarlisi, unda qatnashgan jamoamiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan o’z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Musobaqa sovrindorlari:

 kumush medal:

-52 kg: Marjona Xudoyqulova
-63 kg: Nazarali Nazarov

 bronza medal:

-42 kg: Gulshanoy Ismoilova
-73 kg: Muzaffar Sadriddinov

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ushbu natija bilan O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni tabriklaydi.

Text to speech