7 Avgust 2022 1014

Konya-2021: Delegatsiyamiz hisobida ikkinchi oltin!

Hozirgina para suzish musobaqalarida erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha final bahslari yakunlandi. Unda Azizbek Boynazarov 01:09,86 soniya natija bilan 1-o‘rinni egallab, delegatsiyamizga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi. Sulton Nuriddinov esa 01:12,82 soniya qayd etib, marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Text to speech