4 Avgust 2022
1148
Vladivostok-2022: Dzyudochilarimiz musobaqani birinchi o’rinda yakunlashdi
“Osiyo bolalari” musobaqasida yosh dzyudochilarimizning ishtiroki muxlislarimizni mamnun qildi. Og’ir vazn toifasidagi bugungi bahslar davomida hamyurtlarimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
kumush medal:
-81 kg: Mirjahon Suvonov
-70 kg: Mushtariybegim Afzalova
bronza medal:
-90 kg: Mirjalol Jo’raqulov
+90 kg: Alijon Quvondiqov
Dzyudochilarimiz yakunda 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan o’z yo’nalishlarida umumjamoa hisobida birinchi bo’lishdi.