30 Iyul 2022 1732

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!

Uzoq yillardan beri oʻzbek sporti rivoji uchun katta xizmat qilib kelayotgan taniqli arbob, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bahodir Maxsitovich Maxsitov 1948-yil 30-iyul kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1976-yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Bahodir Maxsitovich universitetni tamomlagach uzoq yillar sud-huquq tizimida, shu jumladan, Shayxontohur tumani va Toshkent shahar sudida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bir necha lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 1994-1995-yillar Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimi, 1995-2002-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. 2002-2003-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishladi. 2020-yil dekabrdan Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida oʻzbek sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. U kishining uzoq yillik mehnati davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bahodir Maxsitovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech