29 Iyul 2022 1213

Bir kunda yangi tarixiy natija

Bolgariyada taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunida 5 ta vazn toifasida bellashuvlar o‘tgan bo‘lsa, barcha vaznda hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarilib, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, bu bilan ilk kunning o‘zida JChlarda jamg‘arilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijamiz yangilandi. Bungacha eng ko‘p medal 2017 yil Misrda o‘tgan musobaqaga to‘g‘ri kelib, unda turnir davomida 4 ta bronza medallariga ega chiqqan edik. Musobaqa davom etadi, oldinda yana ko‘plab vakillarimizning chiqishi kutib turibdi.

Bronza medali sohiblari:
-65 kg: Ahadjon Muxtorov
+65 kg: Javohir Hidoyatov
-29 kg: Nigora A’zamjonova
-33 kg: Omina Ergasheva
-51 kg: Rozalina Tolibjanova

Text to speech