28 Iyul 2022 681

“Klassiklarimiz” jahon chempionatini 4 ta medal bilan yakunlashdi

Rim shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar (U 17) oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, ikki kurashchimiz jahon chempionatining oltin medali uchun gilamga chiqdi. 45 kg vaznda kurashgan Shahzod Roʻzioxunov ukrainalik Yevgen Pokovbaga 0-9 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, 51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Aytjan Xalmaxanov jahon chempioniga aylandi. U finalda eronlik Muhammadrizo Golamidan ustun (5-0) keldi va oltin medal sohibiga aylandi.

Xurshidbek Normuhammadov (55 kg) yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4, Behruz Barnoyev (65 kg) ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida yengib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻldi. Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Text to speech