28 Iyul 2022 1442

Atletlar shaharchasi mehmonlar ixtiyoriga topshirildi

Tantanali tadbirda “Osiyo bolalari” Xalqaro o‘yinlarida ishtirok etuvchi davlatlar vakillari: sportchilar, murabbiylar, ko‘ngillilar, sport delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi. 

Amfiteatrda ikki mingdan ortiq kishini jamlagan ushbu unutilmas voqea tomoshabinlari katta taassurotlarga ega bo'lishdi. Yosh sportchilarni tabriklash uchun tadbirga Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov, “Osiyo bolalari” xalqaro o‘yinlari qo‘mitasi prezidenti Vladimir Maksimov kabi faxriy mehmonlar tashrif buyurishdi.

O'yinlar davomida bolalar markazi o’ziga xos Olimpiya shaharchasi sifatida o'z tarixida birinchi marta O'zbekiston, Armaniston, Afg'oniston, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Qirg'iziston, Livan, Mo'g'uliston, Rossiya, Pokiston, Tailand, Turkmaniston kabi jami 13 ta davlat vakillarini qabul qiladi.

Text to speech