21 Iyul 2022 1075

Yujin-2022: Oltin medallar Qozog‘iston va Xitoy jamoalariga nasib etdi

Yengil atletika bo‘yicha AQSh mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligining navbatdagi kuni ortda qoldi. Unda 2 to‘plam medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Ayollar o‘rtasida o‘tgan disk uloqtirish bahslarida xitoylik Bin Fen, 3 000 metrga to‘siqlar osha o‘tgan yo‘nalishda esa qozog‘istonlik Nora Jeruto oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Batafsil:

Disk uloqtirish, ayollar:
1. Bin Fen (Xitoy) – 69.12
2. Sandra Perkovich (Xorvatiya) – 68.45
3. Valeriye Allman (AQSh) – 68.30

3 000 metrga to‘siqlar osha, ayollar:
1. Nora Jeruto (Qozog‘iston) – 8:53.02 (JCh rekordi)
2. Verkuxa Gatechyu (Efiopiya) – 8:54.61
3. Mekides Abebe (Efiopiya) – 8:56.08

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-5:
1. AQSh – 6-5-8 – 19
2. Efiopiya – 3-4-1 – 8
3. Xitoy – 2-1-1 – 4
4. Keniya – 1-3-2 – 6
5. Yamayka – 1-2-1 – 4

Text to speech