20 Iyul 2022 1038

Slalomchilarimiz JCh oldidan yig‘inda

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Augsburg shahrida bir necha kundan so‘ng start oladigan dunyo birinchiligida ishtirok etadi. Bahslar 27-31 iyul kunlari Olimpiya o‘yinlarida (1972 yil) suv slalomi dasturiga ilk bor mezbonlik qilgan kanalda bo‘lib o‘tadi. Musobaqada kanoe dasturida Alibek Temurgaliyev hamda Abubakr Bukanov, baydarka yo‘nalishida esa Jonibek Temurgaliyev va Barkamol Mirzahamdamov yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Shuningdek, J.Temurgaliyev va Mirzahamdamov juftligi yangi Olimpiya yo‘nalishi “ekstrim slalom”da qatnashadi.

Text to speech