20 Iyul 2022 1381

Qit’a birinchiligida yana ikki medal

Toshkentda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Hamyurtimiz Diyorbek Ermatov jamoamizga ikkita medal taqdim qildi.

-73 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida ishtirok etgan namanganlik polvonimiz o‘zining sevimli dast ko‘tarish mashqida 137 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Afsuski, siltab ko‘tarishda u qayd etgan 150 kg ushbu mashqdagi medallarga yetarli bo‘lmadi. Biroq Ermatov ikki kurash bo‘yicha 287 kg bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Bugun kun davomida Jamila Panfilova (-55 kg), Husinboy Matrasulov, Ahliddin Hasanov hamda Bobur Umidov (barchasi -67 kg) kabi vakillarimiz o‘z yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech