8 Iyul 2022 1481

Yaponiyalik raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Firuza Esenbayeva Osiyo chempionati sovrindori boʻldi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar (U20) oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan navbatdagi kunda qizlarimiz ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Ayollar kurashi musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Firuza Esenbayeva qitʼa birinchiligining bronza medalini qoʻlga kiritdi. -68 kg vazn toifasidagi kurashchimiz aylana tizimda oʻtgan bahslarda dastlab Hindiston va Qirgʻiziston sportchilariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qoʻydi. Biroq oʻzida katta iroda namoyish eta olgan Esenbayeva soʻnggi ikki bellashuvda Qozogʻiston va Yaponiya vakilalarini 10:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, shohsupaga koʻtarildi.

Afsuski, Mushtariy Tolipbekova (-50 kg) bronza medali uchun kechgan uchrashuvda moʻgʻulistonlik Zoljargal Enxbatga 3-4, Aysanem Qurbanbayeva (55 kg) qozogʻistonlik Altin Shagayevaga 0-11, Diyora Abitova (59) esa qozogʻistonlik Madina Amanga 6-9 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Text to speech