1 Iyul 2022 965

Iyun oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022-yil iyun oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan 24 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun 6 321 552 893 soʻm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Gʻaznachilikning tegishli tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirilmoqda.

O'zbekiston sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Sport tadbirlari uchun 2022 yil iyun oyida byudjet mablag'larining sarflanish to'g'risidagi
MA'LUMOT
30.06.2022 yil holatiga
t/r Sport tashkilot
nomlari
Iyun
summa
1 Boks
federatsiyasi
256 842 594,00
2 Sport kurashlari
assotsiatsiyasi
1 073 537 393,00
3 Velosiped sporti
federatsiyasi
400 722 162,64
4 Dzyudo federatsiyasi 700 239 028,54
5 Gimnastika federatsiyasi 104 507 547,00
6 Rowing & Canoe federatsiyasi 528 326 628,00
7 Yengil atletika federatsiyasi 1 243 112 673,00
8 Suzish federatsiyasi 465 954 180,00
9 Taekvando WTF assotsiatsiyasi 730 524 548,00
10 Og'ir atletika federatsiyasi 660 470 157,00
11 Qilichbozlik federatsiyasi 1 306 633 569,64
12 Zamonaviy beshkurash federatsiyasi 707 091 183,90
13 Kamondan otish federatsiyasi 238 126 999,72
14 ООО "OLYMPIC PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI" 489 840 050,00
15 Ot sporti federatsiyasi 333 272 749,00
16 O'q otish (stenddan otish) 77 534 546,00
17 Triatlon  federatsiyasi 507 634 009,10
18 Regbi federatsiyasi 229 647 356,00
19 Voleybol federatsiyasi  
20 Tennis federatsiyasi  
21 Stol tennis federatsiyasi  
22 Gandbol federatsiyasi  
23 Chim ustida xokkey federatsiyasi  
24 Futbol assotsiatsiyasi 173 880 000,00
  JAMI : 10 227 897 375
Text to speech