24 Iyun 2022 1130

Hasanboy Doʻsmatovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli bokschimiz, Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hasanboy Doʻsmatov 1993-yil 24-iyun kuni Andijon viloyatida tugʻilgan. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarida -49 kg vazn toifasida chempionlik qatori, eng yaxshi texnika egasiga beriladigan “Vel Barker” sovrinini ham qoʻlga kiritgan. 2017-yil Gamburgda oʻtgan jahon chempionati finalchisi. Hasanboy 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirgan.

Ayni paytda professional boksda faoliyat olib bormoqda. Koʻrsatgan natijalari uchun “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Hasanboy Doʻsmatovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech