2 Iyun 2022 1051

May oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag'lar to'g'risida MA'LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022-yil may oyida Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan 24 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag'lardan mahalliy hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun 7 379 097 702 so'm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo'yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta'minoti bilan bog'liq xarajatlar G'aznachilikning tegishli tizimi orqali to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirilmoqda.

O'zbekiston sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Sport tadbirlari uchun 2022-yil may oyida byudjet mablag'larining sarflanish
to'g'risidagi 
ma'lumot
T/r Sport tashkilot
nomlari
May
summa
1 Boks
federatsiyasi
91 231 140,00
2 Sport kurashlari
assotsiatsiyasi
558 723 676,00
3 Velosiped sporti
federatsiyasi
135 440 000,00
4 Dzyudo federatsiyasi 741 287 522,00
5 Gimnastika federatsiyasi 264 265 290,00
6 Rowing & Canoe federatsiyasi 341 499 343,00
7 Yengil atletika federatsiyasi 38 203 333,12
8 Suzish federatsiyasi 129 741 590,00
9 Taekvondo WTF assotsiatsiyasi 303 665 320,00
10 Og'ir atletika federatsiyasi 718 865 590,00
11 Qilichbozlik federatsiyasi 983 846 060,00
12 Zamonaviy beshkurash federatsiyasi 280 555 082,00
13 Kamondan otish federatsiyasi 181 551 324,00
14 ООО "OLYMPIC PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI" 407 326 600,00
15 Ot sporti federatsiyasi 52 562 649,00
16 O'q otish (stenddan otish) 1 054 340 110,00
17 Triatlon federatsiyasi 296 521 636,00
18 Regbi federatsiyasi 235 770 356,00
19 Voleybol federatsiyasi 183 680 000,00
20 Tennis federatsiyasi 59 589 081,00
21 Stol tennis federatsiyasi 152 880 000,00
22 Gandbol federatsiyasi 77 952 000,00
23 Chim ustida xokkey federatsiyasi 89 600 000,00
24 Futbol assotsiatsiyasi  
  Jami : 7 379 097 702
Text to speech