23 May 2022 1165

Ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni Husniddin Norbekovni tabriklaymiz!

Bugun para-atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio-2016 va Tokio-2020 Paralimpiadalari chempioni Husniddin Norbekov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Husniddin Norbekov 1987-yilning 23-may kuni Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2014-yilgi Para-Osiyo oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan. 2015-yil para-atletika boʻyicha jahon chempionati va Rio-2016 Paralimpiadasi gʻolibi. Mahoratli para-atletimiz 2017-yilgi jahon chempionati, 2018-yil Para-Osiyo oʻyinlarida ham terma jamoamiz hisobiga oltin medal qoʻshib qoʻygan. Shuningdek, 2019-yil Dubayda oʻtkazilgan jahon chempionatida yana bir gʻalabani rasmiylashtirdi. Husniddin Tokio-2020 Paralimpiadasida ham yadro uloqtirish dasturida delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim qilgan. Mana shunday yuksak natijalari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Husniddin Norbekovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech