22 May 2022 1211

Shahnoza Mirzayevani tabriklaymiz!

Bugun para-kanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shahnoza Mirzayeva oʻz tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Shahnoza Mirzayeva 1999-yil 22-may kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2016-yil Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi para-kanoe boʻyicha jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

Sportchimiz 2018 va 2019-yillarda oʻtkazilgan Jahon kubogida ham Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan holda, oltin medallarga ega chiqqan. Shuningdek, 2019-yil Vengriyaning Seged shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida KL3 yoʻnalishida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan. Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Qayd etgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shahnoza Mirzayevani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech