11 May 2022 1175

Toshkentda sakkiz davlat dzyudochilari yigʻin oʻtkazmoqda

Poytaxtimiz dzyudo boʻyicha yana bir xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga mezbonlik qilmoqda. 15-mayga qadar davom etadigan mashgʻulotlarda mamlakatimiz dzyudochilaridan tashqari Fransiya, Polsha, BAA, Quvayt, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etyapti. Xorijdan jami 180 nafar dzyudochilar Toshkentga yetib kelgan.

Toshkent yigʻini barcha davlat terma jamoalari uchun kelasi oy Gruziyada oʻtkaziladigan Tbilisi “Katta Dubulgʻa” turniriga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Ilias Iliadis boshchiligidagi terma jamoamiz mashgʻulotlariga yetakchilar qatori yoshlar va ikkinchi tarkib vakillari ham jalb etilgan.

Text to speech