10 May 2022 1179

“Olimpik” safarda durang o‘ynadi

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 8-tur uchrashuvlariga start berildi. Unda MOQ qoshida tuzilgan “Olimpik” klubi safarda “Neftchi” bilan kuch sinashdi.

Besh karra mamlakat chempioniga qarshi bahsda Temur Kapadze shogirdlari o‘zlarini har tomonlama yaxshi ko‘rsata olishdi. Biroq uchrashuv davomida tomonlar har qancha harakat qilishmasin darvozalar dahlsiz qoldi.

Coca-Cola Superligasi, 8-tur

“Neftchi" - “Olimpik” 0:0

Ushbu o‘yindan keyin “Olimpik”ning ochkolari 8 taga yetdi. Jamoamiz keyingi tur uchrashuvini 16 may kuni “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi.

Text to speech