10 May 2022 1323

Yengil atletikachilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqalarda 36 ta medal qo‘lga kiritishdi

Turkiyaning Bursa shahrida yengil atletika bo‘yicha “Olimpik Deneme Yarışmaları” va “Nurullah İvak Atmalar Kupası’nda” xalqaro musobaqalari o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, turli yosh toifalarida o‘tgan bahslarda terma jamoamiz vakillari 17 ta oltin, 12 ta kumush va 7 ta bronza, jami 36 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ta’kidlash joiz, turnirlar atletlarimiz uchun yozgi mavsum oldidan sport formalariga kirib olish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. To‘liq natijalar:

Oltin medal:
Yoshlar:
Balandlikka sakrash: Valeriya Gorbatova – 1,74 metr;
100 metr: Odiljon Abdullajonov – 10,84;
Balandlikka sakrash: Amir Nagayev – 1,95;
Uzunlikka sakrash: Azizjon Sobirov – 7,20 (+3,0 m/s);
Uch hatlab sakrash: Ibrohim Mahkamov – 14,65 (+1,1 m/s);
Kattalar:
100 metr: Sharifa Davronova - 12,13;

Uch hatlab sakrash: Sharifa Davronova – 13,55 (+3,0 m/s);

Kattalar:
110 metr, to‘siqlar osha: Ergash Normuradov – 14,11;
Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov – 7,61 (+0,9 m/s);
Uch hatlab sakrash: Islam Sibagatullin – 15,19 (-1,2 m/s);
Yetti kurash U18: Anna Chikalova – 4296 ochko;
Yetti kurash U20: Mohigul Arziyeva – 4921;
O‘n kurash U18: Nodir Norboboyev – 6724;
O‘n kurash U20: Samandan Mahmudov – 6833;
Yadro uloqtirish U20 (4 kg): Malika Nasriddinova - 15.55;
Erkaklar: Disk uloqtirish U20 (1,750 kg): Dunyozod Sayfullayev – 55,67;
Bosqon uloqtirish U20 (6 kg): Ayubxon Fayozov – 73,07.

Kumush medal:
Yoshlar:
200 metr: Raisa Drobjeva – 25,32 soniya;
Langarcho‘pga tayanib sakrash: Jasmina Mansurova – 3,60 (Milliy rekord);
Uzunlikka sakrash: Ibrohim Mahkamov – 6,49 (+0,3 m/s);
100 metr, to‘siqlar osha: Valenitna Kibalnikova – 13,80;
Uzunlikka sakrash: Sayina Xoshimova – 5,79 (+3,2 m/s);
Uch hatlab sakrash: Xushnoza Shavkatova – 12,60 (+3,0 m/s);
Yadro uloqtirish U18 (3 kg): Yuliana Shukina - 12,87;
Disk uloqtirish U18 (1 kg): Yuliana Shukina - 39.77;
Bosqon uloqtirish U20 (4 kg): Elina Silyamiyeva - 55.42.

Kattalar:
100 metr: Shohruh O‘tkirov – 10,96;
Uzunlikka sakrash: Javohir Noriyev – 7,26 (+1,4 m-s);
Yetti kurash U20: O‘g‘iloy Norboyeva – 4755;

Bronza medal:
800 metr: Anastasiya Sologup – 2:25,06;
1500 metr: Dilshoda Usmonova – 4:53,83;
Xurshidabonu Xolliyeva – 12,41;
100 metr, to‘siqlar osha: Lidiya Podsepkina – 13,98;
Uzunlikka sakrash: Xushnoza Shavkatova – 5,62 (+2,7 m/s);
Yetti kurash U20: Kseniya Borusheva – 4605
Disk uloqtirish, kattalar: Ivan Markelov – 56,68.

Text to speech