9 May 2022 1416

Surdo Olimpiadasida yana bir medal

Braziliyada kar-soqov sportchilar o‘rtasida Surdo Olimpiadasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Unda ishtirok etayotgan taekvondochilarimiz yana bir medalni qo‘lga kiritishdi.

Ortda qolgan kun dasturida ayollar o‘rtasida Maftuna Abduyusupova +67 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Taekvondo bahslarining birinchi kunida ikki nafar vakilimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan haqida ma’lum qilgan edik. Shu tariqa taekvondochilarimiz Surdo Olimpiadasini 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Text to speech