8 May 2022 1124

Taekvondochilarimiz Surdo Olimpiadasida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Ayni kunlarda Braziliyada kar-soqov sportchilar o‘rtasida Surdo Olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan taekvondochilarimiz dastlabki kun dasturida 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Dayanga chiqqan 4 nafar vakilimizdan Dilbar Tojiboyeva (-49 kg) hamda Go‘zal Eshmirzayeva (-57 kg) musobaqada yarim finalgacha yetib borishdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildilar. Bugun bo‘lib o‘tadigan bahslarda yana 4 nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Text to speech