10 Aprel 2022 1551

Tarixga aylangan BAAdagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati biz uchun yakunlandi

BAAda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati poyoniga yetib bormoqda. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini tugatdi.

Ma’lum qilganimizdek, bugun shpaga qurolida jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Avstraliya va Janubiy Koreya termalarini mag‘lub etgan qizlarimiz chorak finalda shvetsiyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqib, 34:43 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Eslatib o‘tamiz, yigitlarimiz bugun saralashning ilk bosqichida bolgariyalik raqiblaridan mag‘lub bo‘lishgan edi.

Shu tariqa mazkur jahon chempionati sablya yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan oltin va bronza medallari bilan tarixda qoladigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki ikki kunida Zuhriddin Qodirov ushbu sport turida mamlakatimiz uchun jahon chempionatlaridagi dastlabki oltin medalni taqdim qilgan bo‘lsa, Zaynab Dayibekova esa bronza medaliga chiqqan edi.

Text to speech