3 Aprel 2022 1351

Alisher Yusupov oltin medal uchun kurashadi

Dzyudo bo‘yicha Antalya shahrida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida og‘ir vaznli polvonlar bellashishmoqda. Unda eng og‘ir vazn toifasida kurashayotgan hamyurtimiz Alisher Yusupov chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi.

Alisher dastlab saralashda Shvetsiya, so‘ng Niderlandiya, Ozarbayjon vakillarini, yarim finalda vengriyalik raqibini ajoyib usullari bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Faoliyatida ilk bor “Katta dubulg‘a” musobaqasi finaliga yo‘l olgan xorazmlik polvonimiz chempionlik uchun Tokio-2020 finalchisi, 2018 yilgi jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishvili bilan kurashadi.

Text to speech