3 Aprel 2022 1442

Dildora Aripova yana shohsupada

Ozarbayjon poytaxtida sport gimnastikasi boʻyicha jahon kubogining soʻnggi bosqichi poyoniga yetib bormoqda. Quvonarlisi, bugungi kun dasturi ham jamoamiz uchun medal bilan yakunlandi.

Erkin mashq dasturida finalga yoʻl olgan Dildora Aripova ajoyib dasturi bilan 12.866 ball jamgʻardi. Bu esa finalchilar orasidan uchinchi koʻrsatkich boʻldi va Aripova bronza medali bilan taqdirlandi.

Qayd etish joiz, Dildora Qohirada oʻtgan bosqichda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalga sazovor boʻlgan edi.

Text to speech