2 Aprel 2022 1795

Oksana Chusovitina Jahon kubogida tengsiz!

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining soʻnggi bosqichida kuchlilar saralanmoqda. Quvonarlisi, hamyurtimiz Oksana Chusovitina ushbu bosqichda ham gʻalaba qozonib, tayanib sakrash dasturida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimizning finalda amalga oshirgan dasturi hakamlar tomonidan 13.266 ballga baholandi. Bu esa ishtirokchilar orasida eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Qayd etish joiz, ikki bosqichda oltin va bitta kumush medal jamgʻargan Oksana tayanib sakrash boʻyicha ayollar oʻrtasida Jahon kubogi gʻolibiga aylandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan jahon gimnastika afsonasini muborakbod etadi.

Text to speech