1 Aprel 2022 869

Birinchi kunni uchta medal bilan yakunladik

Turkiyada start olgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Kechki dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bronza medali uchun bahsda g‘alaba qozondi.

Mo‘g‘ilistonlik tajribasi Basxu Yondonperenleiga qarshi tatamiga chiqqan Sardor og‘ritish usuli bilan raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa u o‘z hisobiga 500 reyting ochkosini qo‘shib qo‘yish barobarida delegatsiyamiz hisobiga musobaqadagi uchinchi medalni taqdim qildi.

Ertaga o‘rta vazn toifasida bellashadigan hamyurtlarimizga ham omad tilab qolamiz.

Text to speech