28 Mart 2022 1198

Vyacheslav Didrixni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston ROWING&CANOE federatsiyasi bosh kotibi Vyacheslav Didrix tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Vyacheslav Sergeyevich Didrix 1990-yil 28-mart kuni Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Akademik eshkak eshish boʻyicha 2010-yil Guanjouda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarining kumush medal sohibi, jahon chempionati, jahon kubogi bosqichlari ishtirokchisi. 2015-yil Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida akademik eshkak eshish boʻlimining ochilishida uning katta hissasi bor. 2018-yildan Oʻzbekiston ROWING&CANOE federatsiyasi bosh kotibi lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Vyacheslav Didrixni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, uning faoliyatida muvaffaqiyatlar va mustahkam salomatlik tilab qoladi.

Text to speech