27 Mart 2022 1226

Tokio-2020 ishtirokchisi qit’a chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Tojikistonda veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun o‘tkazilgan poygalar davomida terma jamoamiz yana bir medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 24 km masofaga kechgan individual start poygasida Tokio-2020 ishtirokchisi Murodjon Xolmurodov uchinchi natijani qayd etib, bronza medali bilan taqdirlandi. Hamyurtimiz ushbu masofani 29:58.291 daqiqada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oltin medal Qozog‘iston vakiliga nasib etgan bo‘lsa, yaponiyalik poygachi ikkinchi natijani ko‘rsatdi.

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati
Erkaklar o‘rtasida individual start

1. Yevgeniy Fyodorov (Qozog‘iston) – 28:45.197
2. Nariyuki Masuda (Yaponiya) – 29:36.745
3. Murodjon Xolmurodov (O‘zbekiston) – 29:58.291

Text to speech