27 Mart 2022 1567

Yanina Kuskova Osiyo chempionatidagi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Velosport bo‘yicha terma jamoamiz vakilasi Yanina Kuskova Tojikistonda o‘tayotgan qit’a birinchiligida navbatdagi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi alohida startda sportchimiz eng yaxshi natijani qayd etdi.

24 km masofaga kechgan poygada Kuskova o‘rtacha 42,19 km/s tezlik namoyish qildi. Masofani esa 34:08.064 daqiqa ichida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Qozog‘iston hamda BAA vakilalariga nasib etdi.

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati
Qizlar o‘rtasida (U-23) individual start

1. Yanina Kuskova (O‘zbekiston) – 34:08.064
2. Bota Batirbekova (Qozog‘iston) – 36:40.339
3. Safiya Alsayeg‘ (BAA) – 37:02.743

Text to speech