27 Mart 2022 1402

Bekzod To‘raboyev va Jalgasbay Berdimuratovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Bekzod To‘raboyev hamda yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz vakili Jalgasbay Berdimuratov tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda. 

Bekzod To‘raboyev Surxondaryo viloyatidan yetishib chiqqan aksar polvonlarimizning ustozi hisoblanadi. U kishining qo‘l ostidan Sharofiddin Lutfillayev, Hikmatilloh To‘rayev, Bekmurod Oltiboyev kabi dzyudochilarimiz yetishib chiqqan. Shuningdek, Bekzod Saitqulovich bir necha yil O‘zbekiston boks federatsiyasining Surxondaryo viloyati bo‘limida ham rahbarlik qilgan. Bir so‘z bilan aytganda u kishi o‘zbek sportining haqiqiy jonkuyar vakillaridan. 

Jalgasbay Berdimuratov 1997 yil 27 mart kuni Nukus shahrida tavallud topgan. Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori. 2019 yil Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida -77 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki hamyurtimizni tug‘ilgan kuni bilan qutlaydi va ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech