27 Mart 2022 2237

MOQ raisi oʼrinbosariga Lyudvig Nobel mukofoti topshirildi

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel mukofotini tantanali topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

Ushbu marosimda Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari, Oʼzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan murabbiy, iqtisod fanlari nomzodi, dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari faxriy doktori, metsenat Salim Аbduvaliev ham ishtirok etdi. 

Quvonarlisi, Salim Kirgizbaevich 1888 yilda asos solingan, 2005 yildan qayta yoʼlga qoʼyilgan Lyudvig Nobel premiyasining 2022 yilgi mukofotiga munosib koʼrildi, deya xabar bermoqda Oʼzbekiston sport kurashlari assoitsiatsiyasi matbuot xizmati. Bu mukofot laureatlarga insoniyat oldidagi ulkan ishlari, professionalizm, oʼz sohasida erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Salim Аbduvalievni qoʼlga kiritilgan ushbu mukofot bilan samimiy qutlaydi va uning kelgusi faoliyatida ulkan muvafaqqiyatlar tilaydi.

Text to speech