26 Mart 2022 1420

“Dubai Cup”: Yoshlarimiz mezbonlarga qarshi bahs olib borishdi

BAAda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi “Dubai Cup” xalqaro musobaqasida jamoamiz ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi. Ma’lum qilganimizdek, ushbu turda yigitlarimiz mezbonlarga qarshi saf tortishdi.

Qiziqarli kechgan bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Qayd etish joiz, Temur Kapadze mazkur uchrashuvlar orqali musobaqaga jalb etilgan futbolchilarning barchalariga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkon bermoqda. Buni har ikki turdagi asosiy tarkib futbolchilarini solishtirish orqali ko‘rish olish mumkin. Saudiya Arabistoni va BAAga qarshi bahslarimizning asosiy tarkibini solishtirganda 9 ta o‘yinchidagi farqga guvoh bo‘lamiz.

“Dubai Cup”, 2-tur
BAA – O‘zbekiston 0:0

Text to speech