26 Mart 2022 1027

Aleksey Fomovskiydan kumush medal

Xabar berganimizdek, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri velosport bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. E’tiborlisi, bugun bahslarda ishtirok etgan vakilimiz Aleksey Fomovskiy 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

21 km masofaga o‘tgan alohida start poygasida birinchi o‘rin bahraynlik sportchiga nasib etgan bo‘lsa, eronlik velosportchi kuchli uchlikka yakun yasadi. Shu tariqa jamoamizning musobaqadagi medallari 2 ta oltin va 1 ta kumushni tashkil etmoqda.

Text to speech