26 Mart 2022 1263

Tailanddan xushxabarlar davom etadi

Rayong shahrida o‘tkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Kutilganidek, bugungi bahslar ham jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanib, qator medallarni qo‘lga kiritdik.

Kun davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. 200 metr masofaga kechgan bugungi bahslarda baydarkada Denis Onurfiyev yakkalik, Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova juftlikda oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi kanoe juftligida Elyorjon Mamadaliyev hamda Artur Guliyev ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildilar. Yana bir oltin medal ayollar o‘rtasida baydarkadagi kvartet yo‘nalishida qo‘lga kiritildi. Batafsil:

Oltin medal, kattalar:
K-1: Denis Onufriyev
K-2: Yekaterina Shubina, Yuliya Borzova
C-2: Elyorjon Mamadaliyev, Artur Guliyev
K-4: Arina Tanatmisheva, Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina

Kumush medal:
C-1: Dilnoza Rahmatova
C-1: Artur Guliyev
K-4: Vilyam Ibragimov, Shaxiyor Mahkamov, Samandar Xaydarov, Denis Onufriyev

Bronza medal:
K-1: Arina Tanatmisheva
C-4: Gerasim Kochnev, Vladlen Denisov, Elyorjon Mamadaliyev, Artur Guliyev

Text to speech