25 Mart 2022 1155

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini oltin medal bilan boshlashdi!

Tojikistonda start olgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Ilk kunning oʻzida jamoamiz oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasida (Women Elite) 24 km masofaga kechgan jamoaviy poyga bahsida qizlarimiz eng yaxshi natija qayd etishdi. Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Shahnoza Abdullayeva hamda Anna Kulikovadan iborat jamoamiz masofani 32:14.911 daqiqa ichida bosib oʻtishdi. Ikkinchi oʻrin Qozogʻiston termasiga nasib etgan boʻlsa, eronlik velosportchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

Taʼkidlash joiz, jamoamiz mazkur yoʻnalishda birinchi bor qitʼa chempionatining oltin medaliga sazovor boʻlmoqda. Musobaqada ishtirok etadigan boshqa sportchilarimizga ham omad tilaymiz.

Text to speech