16 Mart 2022 730

Tanlovda yoqtirgan sportchingizga ovoz bering!

“Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi obunachilarimiz uchun yangi loyiha! Sahifamiz obunachilari, Sizlarning qiziqish va fikrlaringizni oʻrgangan holda ajoyib xushxabarni eʼlon qilmoqchimiz. Yoqtirgan sportchingizga savol yoʻllamoqchi boʻlsangiz, uni tanlang va ovoz bering.

Yakunda eng koʻp ovoz olgan sportchi tanlab olinadi va u bilan videointervyu tashkil etiladi. Gʻolib boʻlgan sportchi instagram sahifamizda eʼlon qilinadi va oʻsha postda oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni qoldirishingiz mumkin boʻladi. Jarayon yakunlangach sportchimizning oʻzi yoqtirgan 5 ta savolni ajratib oladi va ularga javob beradi. Videointervyuni keyinchalik sahifalarimizga joylaymiz. Ovoz berish faqat @OlympicUz telegram kanalimizda 72soat ichida oʻtkaziladi.

Asosiysi sportchimiz ushbu 8 savol orasidan oʻzi uchun eng manzur boʻlganini tanlab oladi va muallifga esdalik sovgʻasini topshiradi.

Xoʻsh, boshlaymizmi?

Text to speech