16 Mart 2022 1145

Ogʻir atletika: Oʻzbekiston chempionatining birinchi kun gʻoliblari maʼlum

Xorazmda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida mamlakat birinchiligi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Musobaqaning birinchi kunida oʻsmirlar oʻrtasida 6 vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. Unda gʻolib boʻlgan sportchilar va ular qayd etgan natija bilan tanishing:

Yigitlar:
-49 kg: Omadbek Sodiqjonov (Namangan) – 162 (74+88) kg
-55 kg: Azizbek Shomurodov (Xorazm) – 208 (93+115) kg

Qizlar:
-40 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (Buxoro) – 105 kg (45+60) kg
-45 kg: Mahfuza Umaraliyeva (Andijon) – 120 (52+68) kg
-49 kg: Ziyoda Xudoyqulova (Qashqadaryo) – 140 (65+75) kg
-55 kg: Laylo Palvannazarova (Xorazm) – 160 (71+89) kg

Bugun quyidagi vazn toifalarida bahslar oʻtkaziladi:

Yigitlar: -61 kg, -67 kg;
Qizlar: -59 kg, -64 kg, -71 kg, -76 kg.

Text to speech