15 Mart 2022 1241

Pekin-2022: Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari davomida koronavirus bilan bogʻliq statistika eʼlon qilindi

Ortda qolgan Pekin-2022 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi har ikki musobaqa arafasida tadbirga aloqador barchadan olingan koronavirus testlari boʻyicha statistikani eʼlon qildi. Unga koʻra, joriy yilning 23-yanvar – 13-mart sanalari oraligʻida 2 546 100 bora test olinga va ularning 463 tasi ijobiy natija koʻrsatgan.

Buni 4-20-fevral kunlari oʻtgan Olimpiya oʻyinlari kesimida tahlil qilinsa, 1.9 million test va 437 ta ijobiy koʻrsatkichga toʻgʻri keladi. 4-13-mart sanalarida oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida taxminan 600 ming ta testning 26 tasidan ijobiy javob olingan.

Text to speech