14 Mart 2022 762

Osiyo chempionati yakunlandi. Yoshlarimiz ham umumjamoa hisobida tengsiz!

Iordaniyada Boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Soʻnggi dasturda yigitlarimiz chempionlik uchun ringga chiqishdi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz 10 ta finaldan 7 tasida gʻalaba qozonib, umumjamoa hisobida peshqadamlikni qoʻlga kiritishdi.

Chempionlar:
-51 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-54 kg: Abduvali Bo‘riboyev
-57 kg: Baxtiyor Asadov
-67 kg: Fazliddin Erkinboyev
-75 kg: Rahmatullo Boymatov
-80 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-92 kg: Aynazar Kenesbayev.

Kumush medal sohiblari:
-63.5 kg: Javohir Ummataliyev
-71 kg: Alisher Ayubov
-86 kg: Jamoliddin Qozoqov

Bronza medali sohiblari:
-48 kg: Miralijon Mavlonov
-60 kg: Suhrob Aminov

Yosh yigitlarimiz oʻz toifalarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoʻlga kiritilgan bunday ajoyib natija bilan Oʻzbekiston boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy tabriklab qoladi.

Text to speech