14 Mart 2022 1351

Eng kuchli ogʻir atletikachilarimiz Xivada jam boʻlishdi

Xorazm viloyatida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start olmoqda. Ayni paytda yurtimizning eng sara polvonlari Xivaga yetib kelishdi.

Reglamentga koʻra, bugun barcha jamoa va sportchilarni yakuniy roʻyxatdan oʻtkazish, hakamlar yigʻilishi kabi tadbirlar oʻtkaziladi. Ertadan esa oʻsmirlar toifasidagi bahslarga start beriladi. Eslatib oʻtamiz, 15-18-mart kunlari oʻsmirlar, 19-21-mart kunlari kattalar oʻrtasidagi bahslar oʻrin olgan. Musobaqada Akbar Joʻrayev, Ruslan Nurudinov kabi Olimpiya oʻyinlari chempionlari, shuningdek, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev kabi jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari ham ishtirok etishadi.

Text to speech